Zamonaviy advokatlik sari¶
Axborot texnologiyalari har bir sohaga kirib bormoqda. Yuridik xizmat ko'rsatish bozori ham mustasno emas. Faoliyatingizni zamonaviylashtirishga yordam berish uchun Yuridik.uz loyihasini ishlab chiqdik.
Yuridik.uz - mijozlar va advokatlarga yuridik xizmatlarni onlayn ko'rsatish imkoniyatini bertadigan platforma. Biz 3 yil davomida 3 marta wyebsaytimizni qaytadan ishlab chiqdik, xatolardan o'rgandek, so'rovnomalar o'tkazdik, sinab ko'rdik: yuzlab savol-javoblar, to'lovlar, minglab foydalanuvchilar ... - va hali ham faoliyatimizni takomillashtirish ustida ishlayapmiz.
Advokatlar uchun qanday imkoniyatlar bor?¶
Pulli savollarga javob berish¶
Pulli savollarga javob berganingizda mijoz tomonidan to'langan pulning 70% advokat(larga) gonorar sifatida beriladi. Shuningdek, savol egasi sizga mijoz sifatida murojaat qilish ehtimolligini oshiradi
Bepul savollarga javob berish orqali tajriba to'plash, reputatsiyani oshirish¶
Barcha savollar turidan qat'i nazar mijoz tomonidan baholanadi. Savollarga javob berish orqali o'zingizni ko'rpoq mijozlarga tanitasiz. Bundan tashqari mijoz sahifangizda fikr qoldirishi mumkin. Bu fikr esa sahifangiz tashrif buyuruvchilarida sizga nisbatan ijobiy taassurot qoldiradi.
Telefon konsultatsiya¶
O'zingiz biladaign masala yuzasidan mijozlarga telefonda 15, 30 yoki 60 daqiqa davomida konsulatsiya berib, qo'shimcha daromad olishingiz mumkin.
Hujjatlar tayyorlash¶
Mijozlar tomonidan yuridik hujjat tayyorlash bo'yicha tenderda qatnashib, hujjat tayyorlash orqali qo'shimcha daromad ishlash mumkin.
Ommaviy sahifa orqali jamoatchilikka tanitish *¶
Har advokat uchun alohida ommaviy sahifa yaratilgan bo'lib, bu sahifada advokatlik faoliyatiga aloqador barcha ma'lumotlar jamlangan (manzil, ta'lim, rasmiy advokat belgisi, mijozlar fikrlari, qilingan ishlar, javob berilgan savollar va hkz). Bunday sahifaning mavjud bo'lishi sizni shaxsiy sayt tayyorlash muammosidan qutqaradi. Shuningdek, reklama qilish, sahifani ommalashtirish ham bizning zimmamizda. Sahifa vizitkada qo'shish uchun ham juda qulay. Masalan, https://yuridik.uz/shermatov
Premium a'zolik¶
Yuridik.uzga yurist/advokat premium a'zo bo'lish orqali qo'shimcha afzalliklarga ega bo'lish mumkin. (Savol bergan mijoz aloqa ma'lumotlari, sahifani ko'proq ko'rsatish, mijozlar oqimi va hkz)
Oflayn mijoz jalb qilish xizmatlari¶
Faqat advokatlar uchun maxsus xizmat. Yuridik.uz bilan sayt faoliyatidan tashqari shartnoma imzolash orqali o'zingiz tajribali bo'lgan yo'nalishda mijozlar topishingiz mumkin. Xizmat pulli.
Chat orqali shaxsiy konsultatsiya *¶
Mijozlar sizga chat orqali bog'lanishlari mumkin. Chatda "Hujjat tayyrolab berish" yoki "Konsultatsiya" xizmatini pulli shaklda ko'rsatishingiz mumkin.
Mijoz aloqa ma'lumotlarini olish (Arizalar)¶
Biror savol egasiga o'zingizning advokatlik xizmatlaringizni taqdim etmoqchi bo'lsangiz, mijozning raqamini olishingiz mumkin. Xizmat pullik.
Oflayn xizmatlar *¶
Faqat advokatlar uchun maxsus xizmat. Agar shaxsiy konsultasiya natijasida oflayn xizmatga ehtiyoj bo'lsa (sudda ishtirok etish, vakillik qilish) Siz chatda mijozga "Kontaktlarni uzatish" tugmasi yordamida bog'lanish ma'lumotlaringizni berishingiz mumkin. Agar mijoz oxir-oqibat sizning ma'lumotingizga ko'ra xizmat uchun haq to'lasa, siz xizmat uchun komissiya to'lashingiz kerak bo'ladi. Ushbu xizmat uchun komissiya to'lovi advokatlik tuzilmasi va Yuridik.uz o'rtasida tuziladigan qo'shimcha shartnoma bilan belgilanadi.
Maqolalar chop etish (Yuridik Navigator maqolalari)¶
Muhim mavzuda maqola chop etish orqali shu maqolani o'qigan mijoz maqola muallifi bo'lgan advokat xizmatidan foydalanish ehtimoligi yuqori. Har bir maqolada muallif nomi to'liq saqlanadi. Muallif nomida advokat sahifasiga olib boruvchi maxsus havola qo'yiladi. (qaysi maqolani chop etish yoki etmaslik yuzasidan Yuridik.uz tahririyati izohsiz mustaqil qaror qabul qilinadi. Tahririyat chop etish rad etilganligi sababini aytish majburiyatini olmaydi)