Tarkibga o'tish

Chat orqali konsulatsiya

Chat nega kerak?

Chat yuridik.uz platformasida ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchiga(Mijoz) yurist/advokat bilan bog'lanish, pullik maslahat olish, shuningdek uning narxi va ko'rsatish shartlarini muhokama qilish imkonini beradi. Chatning o'zida to'lov qilish imkoniyati mavjud.

Advokat/yurist bilan qanday bog'laniladi?

Advokat/Yurist bilan chatni boshlash uchun "Yuristlar katalogi"dan kerakli advokat/yurist sahifasiga o'ting va "Bog'lanish" tugmasini bosing. Shundan so'ng chat sahifasi hosil bo'ladi.

Advokat/yuristdan chat orqali qanday konsultatsiya olinadi?

Ayni vaqtda suhbatni faqat mijoz boshlashi mumkin. Dastlab advokatga vaziyatni qisqa tushuntiring. Shundan so'ng advokat/yurist sizga to'lov uchun so'rov yuboradi yoki o'zingiz "Konsultatsiya uchun so'rov" yuborishingiz mumkin. Advokat sizga maslahat berishga rozi bo'lgandan so'ng, siz "To'lash" tugmasini bosasiz. "To'lash" tugmasini bosgandan so'ng, to'lov vaqtincha yuridik.uz hisobida tranzitda turadi. Keyinchalik, siz o'zingizning muammoingiz doirasida advokat bilan muloqot qilasiz va suhbat oxirida advokat maslahatni yakunlaydi. Shu daqiqadan so'ng, muzlatilgan summa advokatning hisobiga o'tkaziladi.

Suhbat qoidalari

  • Professionallikni saqlang: Chat odatiy suhbat qurish uchun emas balki rasmiy professional ish faoliyati uchun mo'ljallangan. Imkon qadar qisqa va professional suhbat quring!

  • Tizimdan chiqmang: Chatdan asosiy maqsad - 1-1 xizmat ko'rsatishni tashkil qilish. Hech qachon yuristning shaxsiy plastik kartasi, bank hisobi yoki yuridik.uzdan tashqaridagi to'lov tizimlariga pul o'tkazmang. Bu Ommaviy Offertaga zid bo'lib, sizni barcha kafolatlardan mahrum qiladi! To'lovni faqat sayt ichidagi xavfsiz tizimdan foydalanib amalga oshiring! Yurist tomonindan sifatsiz xizamt ko'rsatilganda pulingiz qaytariladi!

  • Fikr bildiring: Ayni vaqtda chatdagi ko'p funksiyalar sinov asosida ishga tushirilgan. Foydalanish jarayonida vujudga keladigan kamchiliklarni support@yuridik.uz emaili yoki https://t.me/yuridikuzbot Telegram boti orqali xabar bering!